http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42033202?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Toshkent shahri va viloyatida 20 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan 79 nafar ayol va erkak dindorlar qoʻlga olindi.
Ularning aksariyati 8 soatlik savol-javobdan soʻng qoʻyib yuborilgan. 7 kishi hamon hibsxonada qolmoqda. Ushlanganlarning ayrimlari kaltaklangani aytilmoqda.
Oʻzbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi chiqargan xabarda aytilishicha, qoʻlga olingan dindorlarning barchasi "qora roʻyxat"dan chiqarilgan boʻlgan.
"Ularning hammasi bir-biriga qarindosh. Qora roʻyxatdan chiqarishdi, endi davlat ishlarida ishlaymiz, deb xursand boʻlishayotgan ekan. Hammasini 3 kunning ichida olib ketib 8 soatlab savol-javob qilishgan", - deydi guruh rahbari Surat Ikromov.
Formasiz Ichki ishlar ishlar vazirligi xodimlari qoʻlga olinganlarning uyida tintuv oʻtkazgan. Tintuv bayonnomasi tuzilgan, biroq uning nusxasi uyda yashovchilarga berilmagan.
Tashabbus guruhi militsiya xodimlari "terrorizm va estremizmga qarshi kurashish" boshqarmasidan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
BBC ommaviy qoʻlga olishlar borasida izoh olish maqsadida IIV matbuot xizmati bilan bogʻlanishga harakat qildi.
Biroq vazirlik web sahifasida koʻrsatilgan matbuot kotibining telefon raqamiga tushib boʻlmadi.
Qoʻlga olingan ayollarning aytishicha, 2008 yildan beri qidiruvda boʻlgan Goʻzal Toʻxtaxoʻjayevaning yashiringan joyi haqida soʻrashgan.
1986 yilda tugʻilgan Toʻxtaxoʻjayeva "Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish" hamda "Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish" da ayblangan.
Tashabbus guruhining qoʻlga olingan Dildora Aʼzamovadan iqtibos keltirib yozishicha, uning Zangiota tumanidagi uyida bir kunda 3 marta tintuv oʻtkazishgan.
23 yashar Nasrullo ismli oʻgʻlini hibsga olishgan va Toshkent IIBB kaltaklashgan, deb yoziladi xabarda.
Qoʻlga olinganlarning barchasi "qora roʻyxat"da turgan boʻlgan. Ikki oy oldin maxsus komissiya ularni roʻxatdan chiqargan va bemalol ishlab jamiyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshishi mumkinligini bildirishgan.
"Ularni vahima qilib ushlab ketishi xavotirli. Goʻzal Toʻxtaxoʻjayeva 2008 yildan beri qidiruvda ekan. Agar biror yangi maʼlumot paydo boʻlgan boʻlsa, kelib shunday soʻrashsa ham boʻladi-ku", deydi Surat Ikromov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonda qora roʻyxatda turgan 17 ming dindordan 16 mingtasi undan chiqarilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora roʻyxatdan chiqarilgan dindorlarga munosib ish, arzon kredit va uy-joy bilan taʼminlash kerakligini aytgan. Urganchda gapirgan Prezident "yoʻldan adashganlarni faqat roʻyxatdan chiqarish bilan ish bitmasligini" taʼkidlagandi.
Shavkat Mirziyoyev sessiyadagi chiqishi chogʻida diniy eʼtiqod masalasida adashganlarni toʻgʻri yoʻlga solish borasida hali ham kamchiliklar mavjudligini aytgan.
"Bu borada olib borayotgan ishlarimizga tanqidiy baho beradigan boʻlsak, ochiq tan olishimiz kerak, diniy eʼtiqod masalasida adashganlarni toʻgʻri yoʻlga solish borasida hali ham kamchiliklar bor. Yoʻldan adashganlarni faqat roʻyxatdan chiqarish bilan ish bitmaydi. Ularga amaliy yordam berish, munosib ish topib berish, arzon kreditlar va uy-joylar bilan taʼminlash lozim", degan Shavkat Mirziyoyev.
Oʻzbekistonda 17 ming dindor qora roʻyxatda turgani maʼlum boʻlgan. Shavkat Mirziyoyev ularning 16 mingi roʻyxatdan chiqarilganini oldinroq aytgan edi. http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42033202?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8