http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-42031419?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Tojikiston rasmiylari xabar qilishicha, 2018 yili yana bir ulkan alyuminiy zavodining qurilishi boshlanadi.
Xabar qilinishicha, yangi zavodni xitoylik mutaxassislar barpo etishadi.
Bu borada Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Xitoyga safari mobaynida Yunnan shirkati bilan kelishuvga erishilgan.
Videomizni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida ham tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=GHiCa9LN17Y&feature=youtu.be Yangi alyuminiy zavodi 1,6 millard dollarga baholanmoqda.
U yiliga 503 ming tonna alyuminiy ishlab chiqarishga qodir boʻladi.
Hozirgi Tojikiston Alyuminiy kompaniyasi - TALKO hududida yangi ishlab chiqarish zavodi bilan birga eski tsexlar faoliyati ham saqlanib qolishi aytilmoqda.
Oʻshanda TALKO yiliga 1 million tonna rangli metall ishlab chiqarishga qodir boʻladi.
Oʻzbek-Tojik chegarasidagi Tursunzoda shahrida alyuminiy zavodi 1975 yilda ishga tushganidan keyin Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati hududida havo, tuproq zaharlanishi kuzatildi.
Chunki zavod bahavo baland togʻli hududda joylashgan, pastda esa Surxon vohasi joylashgan.
Togʻdan urgan shamol tutunni koʻpincha pastga haydaydi.
Zavod taʼsirida dunyoga mashhur Dashnobod anorzorlari qurib qoldi.
Insonlar orasida saraton va boshqa xastaliklar koʻpaydi.
1980 yillarning oxirida oʻzbekistonlik faollar Tojik alyuminiy zavodining ekologiyaga salbiy taʼsiri borasida bong urib chiqdilar.
Gazetalarda bu haqida tahliliy maqolalar eʼlon qilindi.
Tojikistondagi fuqarolar urushidan keyin zavol faoliyati qayta tiklandi, chunki bu zavod Tojikiston xazinasiga tushadigan valyutaning 70 foizdan koʻprogʻini olib keladigan daromad manbasidir.
Oʻzbekiston tomoni Tojikiston hukumati zavod faoliyati bois norozilik ham bildirgan.
Tojikiston hukumati TALKO faoliyati ekologiya talablariga toʻla javob berishini taʼkidlab keladi.
Endi Oʻzbekistonning janubiy viloyati yashovchilari, yangi zavodning faoliyati bizning hayotimizga salbiy taʼsir koʻrsatmasmikan, deya oʻylanishlari tabiiy. http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-42031419?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8