http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41870316?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburgda ishlayotgan mehnat muhojirlari hayoti bilan yaqindan tanishgan.
Facebook ga qoʻygan suratlaridan Quranboyevning abgor sharoitlarda ishlayotgan migrantlar bilan uchrashganini koʻrish mumkin.
Migrantlar orasida pasportlarini yoʻqotib, Oʻzbekistonga qaytolmayotganlar ham borligi aytilgan.
Bu masala boʻyicha delegatsiya aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi Badriddin Shorixsiyev migrantlar bilan suhbat qilgan.
"Suhbat davomida mehnat muhojirlariga amaliy yordam berish va ularni Vatanga qaytarish boʻyicha tizimli ishlar olib borilishi taʼkidlandi", deyiladi xabarda.
4 kun Rossiyaning Novosibirsk shahrida mehnat qilib yashayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashgan delegatsiya ayni damda Sankt-Peterburgda boʻlib turibdi.
Oʻzbekistonliklar eng koʻp yashaydigan deb koʻriladigan Sankt-Peterburgda Qahramon Quranboyev shaharda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar ham gubernator Georgiy Poltavchenko bilan uchrashgan.
Sankt-Peterburgda "Narodny" supermarketida ishlayotgan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari zaharlanib shifoxonaga tushgani haqida xabar chiqishi bilan, ittifoq raisi Qahramon Quranboyev dasturiga oʻzgartirish kiritib shifoxonadagi 33 bemorni koʻrishga borgan.
"Ularning faqatgina 2 nafari Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi maʼlum boʻldi. Shohjahon Ibragimov oʻzini yaxshi his qilayotgani uchun shifoxonadan ruxsat berildi. Nargiza Qarshiyevaning hayotiga hech narsa rahna solayotgani yoʻq, u ham tez kunlarda shifoxonadan chiqadi", - deyiladi Quranboyevning Facebook dagi sahifasida.
Yoshlar ittifoqi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan "Kamolot" ijtimoiy harakati oʻrniga tashkil topgan.
Ittifoq Markaziy Kengashi raisi Prezidentning davlat maslahatchisi ham hisoblanadi.
Prezident Mirziyoyev tashkilotga koʻproq vakolatlar berishini yoshlar ittifoqi mahalliy hokimiyatlarning yugurdagi boʻlib qolmasligini taʼkidlagan.
Kuzatuvchilar yoshlarga oid tashkilotning ilk marotaba xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklarning holidan xabar olishiga eʼtibor qaratishgan.
Marhum Prezident Islom Karimov Rossiyadagi migrantlarni koʻcha supuruvchi "dangasalar", oʻz yurtidagi topgan tutganiga qanoat qilmaydigan noshukrlarga tenglashtirgan.
Biroq yangi Prezident Shavkat Mirziyoyev migrantlar ham "farzandlarimiz" degan va ular Rossiyaga toʻqchilikdan ketmayotganini aytgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41870316?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-69013905
https://www.bbc.com/uzbek/world-69013905 Оқ уй Конгрессга Исроилнинг Рафаҳ ҳужуми юзасидан босимга қарамай, Исроилга 1 миллиард доллардан ортиқ қийматга эга қурол жўнатмоқчи эканлигини айтди.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69013904
https://www.youtube.com/watch?v=wJUrWQ_16qg
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003057 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/world-69003055 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6