https://www.youtube.com/watch?v=H-GdWVYQAi4 Mudofaa vaziri: "Oʻzbekiston Tojikistonning tashvishlarini tushunadi" http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41610061?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Abdusalom Azizovning poytaxt Dushanbeda bayon qilishicha, "Oʻzbekiston MDH janubiy chegaralari mudofaa qobiliyatini taʼminlash uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qiladi".
Xabarlarga koʻra, Oʻzbekistonning yangi Mudofaa vaziri bu haqda rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvi chogʻida bayon qilgan.
Ikkovlon oʻrtasidagi muloqot MDHga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirlarining 12 oktyabr kuni Tojikiston poytaxtida boʻlib oʻtgan yigʻini tegrasida boʻlib oʻtgan.
Abdusalom Azizov shu yil 4 sentyabr kuni Qobul Berdiyevning oʻrniga Oʻzbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlangandi.
Ungacha Abdusalom Azizov Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri boʻlgan.
Oʻzbekiston mudofaa vaziriga koʻra, mamlakati rahbariyati "Tojikistonning MDH janubiy chegaralaridagi vaziyat borasidagi tashvishlarini yaxshi tushunadi".
Uning ishontirishicha, "Qayerdaki Oʻzbekistonning ishtiroki lozim boʻlsa, hukumati bir chetda qoʻl qovushtirib qarab turmaydi".
Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻoniston...
"Bizning ham Afgʻoniston bilan chegaramiz bor. Deylik, Tojikiston yoki Qirgʻizistonda nimadir yuz bersa - buning, soʻzsiz, Oʻzbekistonga taʼsiri boʻladi", - deb aytgan Abdusalom Azizov.
"Chunki bu yerda soʻz yagona, yaxlit, bir organizm, bitta qon aylanish tizimi haqida ketmoqda. Baʼzi oʻrinlarda davlatlarimiz oʻrtasida, hatto, chegaraning oʻzi yoʻq. Xuddi shu bois ham, bu yoʻnalishda uyushqoqlik va hamkorlik juda muhim".
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri nazdida, "agar, mintaqa davlatlari maʼlumotlarni oʻz vaqtida ayirboshlashsa, muammolarni kechiktirmay, hamkorlikda hal etishsa - hammasi joyida boʻladi".
Afgʻonistonning Tojikistonga bevosita chegaradosh shimoliy va shimoliy-sharqiy mintaqalarida esa, soʻnggi bir necha yilning ichida xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatning jiddiy izdan chiqqani kuzatiladi.
U yerlarda toliblar bilan bir qatorda Yaqin Sharqdagi IShID jangarilarining ham faollashishga muvaffaq boʻlishgani aytiladi.
Vujudga kelgan bu kabi vaziyat esa, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qolib, Rossiya va Xitoyning ham jiddiy xavotirlariga sabab boʻlib keladi.
Orada noqonuniy qurolli guruhlarning Afgʻonistondan Tojikistonga kesib oʻtish harakatida boʻlganliklariga oid oʻndan ortiq holatlar qayd etilganiga oid xabarlar ham olingan.
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning Tojikistonga uch kunlik safari bugun - 13 oktyabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi.
Tojikiston tomoniga koʻra, bu - Oʻzbekiston Mudofaa vazirining oʻtgan 20 yil deganda Dushanbega ilk tashrifi boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Mudofaa vaziri uch kun ichida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uchrashishga ulgurgan. http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41610061?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1