http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41474306?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga naqd xorij valyutasini sotish boshlanmadi.
Tijorat banklari xodimlarining BBCga aytishlaricha, hozircha banklarning oddiy odamlarga naqd valyuta sotishga doir faoliyatini tartibga soladigan hujjat tayyor emas va bunday hujjat tayyor boʻlganidan keyin valyuta sotish boshlanishi mumkin.
Bank xodimlari soʻzlariga koʻra, valyuta oldi-sotdisiga bogʻliq hujjat Oʻzbekiston Markaziy banki, Adliya vazirligi va Oliy Majlisning Senati tomonidan koʻrib chiqilmoqda, ular maʼqullovidan keyin hayotga tadbiq etish boshlanishi mumkin.
Sentyabr oyining oxirgi kunlarida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hukumat 1 oktyabrdan boshlab xorij valyutasini naqd koʻrinishda sotishga ruxsat berishi mumkinligini aytgandi.
Markaziy Bank 5 sentyabrdan Oʻzbek soʻmini devalvatsiya qilgan.
Natijada 4210 soʻmdan boʻlgan 1 AQSh dollari keskin 8100 soʻmga koʻtarilgan.
Narxlar oʻsha vaqti 7700 ga tushib qolgan "qora bozor" kursisidan balandroq qilib belgilangan.
Hukumat fuqarolar va yuridik shaxslar dollarni cheklanmagan miqdorda sotib olishini hamda Oʻzbekiston ichida barcha toʻlovlar soʻmda belgilanib soʻmda amalga oshirilishini maʼlum qilgan.
Biroq oʻzgarishlardan soʻng oddiy odamlar dollarni naqd koʻrinishda emas, balki plastik kartalarda olishi mumkin edi.
Jurnalistlar Bosh vazir Abdulla Aripovdan hukumat soʻmni kelajakda yana qadrsizlantirishi mumkinmi, deya soʻrashgan.
Abdulla Aripov "buni bozor koʻrsatadi", deb javob bergan.
Erkin konvertatsiya Prezident Mirziyoyevning 2 sentyabr kuni imzolagan "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan amalga oshirilgan.
5 sentyabr kuni Markaziy Bank 1 AQSh dollari kursini 8100 soʻm qilib belgilagan, ammo aholidan 8000 soʻm qiymatida sotib olingan.
Ayni paytda aholiga dollar sotish tijorat banklarining konversiya boʻlimlaridan naqdsiz koʻrinishda xalqaro toʻlov kartalariga (konversiya) tushirib berish orqali amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
Keyingi kunlarda dollarning rasmiy kursi pasaygani kuzatilgan.
Bunga respublikaning turli hududlarda "dollarfurush"larni tutish boʻyicha kampaniya boshlangani sabab boʻlgan.
Ammo tahlilchilarga koʻra, aholiga dollarni naqd koʻrinishda sotish boshlanmaguncha "qora bozor"ga ehtiyoj saqlanib qolaveradi.
2 oktyabr kuni Oʻzbekistondagi "qora bozor"da 1 AQSh dollari oʻrtacha 8150 soʻmdan sotib olinib, 8200 soʻmdan sotilgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41474306?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2