http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41352199?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 20 sentyabr soat 21 larda poytaxtdagi "Moskva" savdo markazi yonida ommaviy janjal boʻldi.
Mahalliy nashrlarning bildirishicha, unda 150 dan ziyod muhojir ishtirok etgan. Janjal politsiya va Rosgvardiya xodimlari tomonidan bostirilgan. 50 dan ortiq muhojirlar politsiya mahkamasiga olib ketilgan.
MDH davlatlari muhojirlari mehnat va ijtimoiy himoyasi Federatsiyasi prezidenti Karomat Sharipov janjalga savdo markazi qoʻriqchisi va yuk tashuvchi boʻlib ishlaydigan tojikistonlik muhojir orasidagi kelishmovchilik sabab boʻlganligini bildirdi.
- Soat 14:30 larda savdo markazi qoʻriqchisi tojikistonlik muhojirni bino yonidagi chiqindixonada hushidan ketguncha kaltaklagan. Soʻng voqeani oʻz boʻynilaridan soqit qilish uchun markaz xodimlari bilan birgalikda behush muhojirni savdo markazi hududidan uzoqroq joyga olib borib tashlashgan. Muhojirni taksi haydovchilari koʻrib qolib, "Tez yordam" chaqirishgan, - deydi Sharipov.
Qoʻriqchi tojikistonlik muhojirni urganligini eshitgan uning yaqinlari va yurtdoshlari "Moskva" savdo markazi yoniga yigʻilishgan. Tixoretsk bulьvariga jam boʻlgan muhojirlar savdo markazi maʼmuriyatidan muhojirni urgan qoʻriqchini jazolashlarini talab qilgan. Maʼmuriyat esa politsiya chaqirgan.
Karomat Sharipovning aytishicha, "Lyublino" politsiya mahkamasiga 200 ga yaqin tojikistonliklar olib ketilgan. Mahalliy OAVlarda mahkamaga olib ketilgan muhojirlar soni 50 ga yaqin, deya bildirilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, jabrlangan 27 yoshli tojikistonlik muhojir "Tez yordam"da 68-shifoxonaga eltib joylashtirgan.
Kasalxona shifokori "NTV" telekanaliga bergan intervyusida "muhojirning tanasida kaltak alomatlari yoʻq"ligini aytdi. Shu bilan birga jabrlanuvchiga "bosh miya chayqalishi" tashxisi qoʻyish mumkinligini bildirdi.
Ayni paytda muhojir joylashgan 68-shifoxona 10 ga yaqin politsiya hodimlari tomonidan navbatchilik bilan qoʻriqlanmoqda.
Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati BBCga mazkur hodisani tasdiqladi. Matbuot xizmatini savdo markazi yonidagi voqea maishiy kelishmovchilik sifatida izohlanishini bildirdi, ammo qoʻlga olinganlar sonini ochiqlamadi.
Politsiya mahkamasidagi muhojirlarning shaxslari aniqlanib, RF hududida qonuniylik maqomlari tekshirilayotgani maʼlum qilindi.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41352199?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев