Nyu Yorkdagi hakam Ann Donelli chiqargan qarorga binoan, qochqinlik maqomiga ega va yo AQShga kirish uchun vizasi bor chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborilmasligi kerak.
Ammo qaror vaqtinchalik ahamiyatga molik.
Shuningdek, mahkama qarori Prezident Tramp qarori qanchalik konstitutsiyaga mos kelish-kelmasligini ham savol ostiga olmagan.
Shu bois tranzit hududlarda qolib ketayotganlar taqdirini neqadar oʻzgartirishi hali nomaʼlum.
Oʻtgan juma kuni, Prezident Tramp qator musulmon mamlakatlaridan kelganlarni kiritmaslik haqida qaror chiqarishi ortidan Amerika Fuqarolik Huquqlari Uyushmasi mazkuo amalga qarshi mahkamaga murojaat etgandi.
Uyushmaga koʻra, hozir tranzit hududlarda taxminan 100-200 nafarga yaqin odam ushlab turilmoqda.Trampning qaroriga qarshi minglab amerikaliklar mamlakat xalqaro aeroportlari oldida namoyishlar oʻtkazishmoqda.
Yangi prezident ishga kirishishi bilanoq AQShning butun boshli qochqinlar dasturini toʻxtatib turishga qaror berdi.
Shuningdek, kelasi uch oy davomida Eron, Iroq, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi.Prezident hujjatga imzo chekkan payti allaqachon samolyotda AQShga uchib kelayotgan odamlar ham aeroportlarda mamlakat ichkarisiga olinmayapti.
Hatto ishlash va yashash huquqiga ega yoki vizasi bor odamlar ham chegaradan oʻtkazilmayotir.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев