Bir voqea so`ylay, siz biroz o`ylang. Dunyoga ko`r bo`lid kelgan edim men, Bechora derdilar qismatim ekan. Bilmasdim kech nima yo kunduz nima, Baxor o`zi nima yo yulduz nima. Ertadan kechgacha o`tirardim jim, Axir yumuq edi mening ko`zlarim. Bir kun Toshkendan dadam, Doktor olib Keldi quvondim biram. Professor ekan ko`rdi ko`zimni, Tingladi hayratli mungli so`zimni. Davolayman dedi, ammo juda qiyin, Dilim tug`yon urdi daqiqa sayin. Buning bir yo`li bor yurtda bir odam, O`z ko`zin bersin daxshat bo`lsa ham. Gar ularni o`yib olaman va ko`zing uzra joylayman dedi. Tezda do`stlarimni to`pladi dadam, Va ulardan so`radi yorda. Ammo kim kim ham o`z ko`zin bersin, Dedilar ko`z berish daxshatku axir. Qarindoshlarni ham to`pladi dadam, Ko`z inom etmadi qarindoshlar ham. Bir kun sukunatda o`tirardim jim, Hayxot uydan eshtildi achchiq bir faryod. Voy onam faryodi nega chinqirdi, Irg`ib turgandim kimdir qo`limdan tutdi. Operatsiyadan so`ng bir hafta o`tgach, Ul rus tabibi ijozat etgach. Dokani ko`zimdan oldimu shartta, Dunyoni ko`rdim man birinchi marta. Oh dunyo, yer, osmon, oy, Odamlarni ko`rdim hoynaxoy. Onajon deb uyga yugurib borsam, Ex men nodonga xarom bu dunyo. Onamni ko`zlari ko`r edi, Ingrardi dardi juda zo`r edi. Paypaslanib qo`limdan tutdi, Yangi ko`zlarimni mehr bilan o`pti. Sizga boqib turgan bu tiyron ko`zlar Menikimas do`stlar ONAJONIMNIKI
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4