Sabr tugab bormoqta ado
Qildim nega bundayin xato
Musofirlik azob ekanda
Uzun shirin orzular surib
O'z baxtimni xayolda qurib
Uxlamastan tong saxar turib
Musofirlik azob ekanda
Qadrimni yerga urib
Yiqilsam yana turib
Xar xil ming azob ko'rib
Musofirlik azob ekanda
Pul deya Uxlamastan
Ovqat xam ko'p yemastan
Kunmi tun yo demastan
Musofirlik azob ekanda
Ishlaysan terga botib
Zaxlarda xar kun yotib
Qadringni pulga sotib
Musofirlik azob ekanda
Ko'zlaring yoshga to'lib
Qoldingku gulday so'lib
Yurarsan majbur kulib
Musofirlik azob ekanda
Yo'q dema qalbing ochgin
Barini to'kib sochkin
Musofir uyga qochkin
Musofirlik azob ekanda
Yo'q dema she'rim o'qi
O'zinga savol to'qi
Nima bu pulning ko'pi
Musofirlik azob ekanda
Sog'inchlar azob sari
Baxtlar xam sendan nari
Ezadi seni bari
Musofirlik azob ekanda
Qadrimiz tog'day juda
O'ylama pulday deya
Bo'lmaysan pulga ega
Musofirlik azob ekanda
Pulni ko'p quvding juda
Baxtingdan bo'lib judo
Qillarsan bir kun nido
Musofirlik azob ekanda
O'zim xam qildim Tavba
Boshga ko'p tushti g'avg'o
Xayot xech emas savdo
Musofirlik azob ekanda
Alloxim xafa mendan
Pul deya kechting jondan
Ishlarman erta tongdan
Musofirlik azob ekanda
Ishladim xar kun tekin
Qaytarman uyga sekin
Azoblar qiynar sekin
Musofirlik azob ekanda
Maullif:oshiq yigit
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев