Предыдущая публикация
Salom Onajonim, nurli farishtam,
Ko'zlari nigorim, ayrilmas rishtam.
Diydor istagida yurakda sitam,
Sog'indim Onajon, yomon sog'indim.
Bugun yuragimni sog'inchga o'rab,
Ming zorli dard bilan to'kilib, nurab,
Qalbimga yiqildim, iltijo so'rab,
Sog'indim Onajon, yomon sog'indim.
Bilaman, yoshlarim ko'rib turibsiz,
Jannatning to'ridan qarab turibsiz,
Egilgan boshimni silab turibsiz,
Sog'indim Onajon, yomon sog'indim.
Ozgina yig'ladim, ko'p emas, Ona,
Ranjimang, men o'sha yig'loqi yana.
Goh kulib, goh o'ksib, yuribman mana,
Sog'indim Onajon, yomon sog'indim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев