Rossiya armiyasi ukrain qo’shinlarini Xarkovdan 75 kilometr narida joylashgan Volchansk shahridan siqib chiqarishga urinmoqda. Prezident Volodimir Zelenskiy so’zlariga ko’ra, Rossiya Xarkov yo’nalishida janvogar harakatlarni kuchaytirgani keng qamrovli hujumning birinchi bosqichi bo’lishi mumkin.
Ukraina G’arb raketalarini Rossiya hududiga qarshi ishlata olmasligi, ya’ni G’arb qo’ygan ushbu talab Moskvaga ustunlik beradi, deydi Zelenskiy.
“Bema’ni bir vaziyatdamiz. G’arb Rossiya urushda yutqazib qo’yishidan qo’rqadi, ammo Ukraining unga yutqazishini ham istamaydi”, - dedi Ukraina rahbari “AFP” axborot agentligi bilan suhbatda.
Kuzatuvchilarga ko’ra, Rossiya Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya yordamida so’nggi olti oyda anchagina qurol to’plashga muvaffaq bo’ldi.
📷 AFP
https://www.youtube.com/watch?v=yM5u16j9wGw
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев