29-aprel kuni Vashingtonda o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlar AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Vedant Patelga Lixi qonunini eslatib, Isroil armiyasining ayrim bo'linmalari qotillik, qiynoq va jinsiy zo'ravonlik kabi jinoyatlarni amalga oshirganiga urg'u berdi. Shunday holatda AQSh Isroilga harbiy yordam uzatishga qanchalar haqli ekanini so'radi.
"Jarayonni puxta o'rganib chiqib, Isroilning beshta harbiy bo'linmalari inson huquqlarini qo'pol tarzda buzganligini aniqladik. Bu huquqbuzarliklarning barchasi 7-oktabrdan ancha avval yuz bergan va ularning birortasi ham G'azo sektorida sodir bo'lmagan. Bo'linmalarning to'rttasi huquqbuzarlikni to'xtatishga doir samarali choralarni qo'llagan va biz hamkorlarimizdan aynan shunday amalni kutamiz. Xavfsizlik bo'yicha biz bilan aloqa qilayotgan barcha mamlakatlardan talabimiz shunday. Qolgan beshinchi bo'linma yuzasidan Isroil hukumati bilan konsultatsiya va hamkorlikni davom ettirayapmiz", - dedi Patel.
G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko'ra, ayni damda sektorda urush qurbonlari soni 34 535 nafarga yetgan. Qurbonlarning katta qismi ayollar va bolalar. 77 704 kishi Isroil hujumlari oqibatida jarohat olgan.
https://www.amerikaovozi.com/z/2110 Eronning 63 yoshli prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmatiy 19-may kuni vertolyot halokati qurboniga aylandi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев