🔹 Rossiya kuchlari Ukrainaning energetika infratuzilmasiga, issiqlik va gidroelektr stansiyalariga zarba berishda davom etmoqda. Rossiyaning Krasnodar o’lkasidagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodi esa dron hujumi oqibatida ishdan to’xtagan.
🔹 Prezident Volodimir Zelenskiy ittifoqchilarni havo hujumidan mudofaa tizimlarini tezroq yetkazib berishga undamoqda. AQSh Kongressida qonunchilar olti oy tortishib, shu hafta 61 milliard dollarlik harbiy yordamni ma’qulladi. Buning ketidan Pentagon 1 milliard dollarga teng qurol-yarog’ni zudlik bilan Kiyega jo’natgan.
🔹 Kuni kecha Lvovga tashrif buyurgan Avstraliya Mudofaa vaziri Richard Marls ham 100 million dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi.
📷 AFP, AP, Reuters
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев