Предыдущая публикация
Guvohlarning aytishicha, u konspiratsion nazariyalar bitilgan varaqalarni havoga uloqtirgan, o’ziga yonuvchi suyuqlik sepib, yoqib yuborgan.
Politsiyaga ko’ra, uning ismi Maksvell Azarello, 37 yoshda, Florida shtatidan. Azarello yonib, yerga yiqilgach, politsiyachilar yetib kelgan va olovni o’chirishgan. Uning ahvoli og’ir, kasalxonaga yetkazilgan.
Azarelloning xatti-harakatlari sud ishiga bog’liqmi, yo’qmi, ma’lum emas. Sud Trampning porno-aktrisa Stormi Danielsga 130 ming dollar to’lagani, buni yashirish uchun hujjatlarni soxtalashtirgani bilan bog’liq. Ayni paytda sud hay’ati a’zolari tanlanmoqda.
📷 Reuters, AFP
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев