Bugun ko’pga yordir namoz, Namozlarda yangrar: safroz. Go’zal onlar munchalar oz, Sof ko’ngilga alam erur, Bugun bizning bayram erur! G’azab toshi otilmaydi, gumrohniyam boshi chopilmaydi. So’kkan odam topilmaydi, Ayyom dardga malxam erur, Bugun bizning bayram erur!
Sizning g'ururingiz aslida tuproq, Iymoningiz bor-u, aybingiz ko'proq, Qalbingiz mehrdan butunlay yiroq, O'zini osmon deb o'ylaganqizlar, Asli e'tiborga arzimaysizlar. Namoz o'qiysiz-u, egningizda shim, Tandagi terimi yoki tor kiyim, Sababin so'rashsa jim qolasiz, jim, O'zini osmon deb o'ylaganqizlar, Asli e'tiborga arzimaysizlar. Dilda "bismilloh"u, tilda yo'q salom, Ne sabab kutasiz tag'in ehtirom, Makringiz ilonni qila olar rom, O'zini osmon deb o'ylaganqizlar, Asli e'tiborga arzimaysizlar. Men emas hayot bersin sizlarga ta'lim, Rost so'zlarim uchun mendan kechirim, Bugun ocha qoldim dildagisirim, Aslida qalbimning to'ridasizlar, Nomusli, hayoli, iboli qizlar