Предыдущая публикация
Aziz jondan kechsa bo'lar Singil uchun,
Ota uyda qolish yo'qdir Singil uchun,
SINGILLARNI yo'qlab turing ko'ngil uchun.
Yumshoq ko'ngil, ta'na nima bilmaydigan
Boshingizga kulfat kelsa kulmaydigan,
Bu dunyodan o'tar bo'lsak yig'laydigan
SINGILLARNI yo'qlab turing ko'ngil uchun,
Yangi uyida ildiz otib ketmaguncha,
Borgan joyda toshday qotib ketmaguncha, Farzandlari yerda o'ynab ketmaguncha
SINGILLARNI yo'qlab turing ko'ngil uchun
Uzoq - uzoq o'lkalarda yursangiz xam,
Dunyoni u chekkasida bo'lsangiz xam,
Ota uyinga yilda bir bora kelsangiz xam
SINGLINGIZNI YO'QLAB TURING KO'NGLI UCHUN...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3