Bir kuningni bir umrga qiyos qil, Tongni kelish, shomni ketish vaqtin bil. -Qanday kechdi kunim? Qildim ne savob? Qalgan qaysi ishim vijdonga azob? Ne kor etdim Xudo rozi bo’lgudek? Qarzim yoqmi o’lsam hozir o’lgudek? Kimni mamnun aylab, ranjitdim kimni? Ustimdan o’qirlar qanday hukmni? Har kech shu savolga izlamak javob Ahli imonga xos hikmatdan bir bob. Shunga qilib amal bo’l odil hakam, Bu yo’lda ayama o’zingni hecham! Kunduz sodir qilgan gunohing uchun Kechda do’zahda yon, yug’la jigarxun! Xayolan o’lib ko’r va kir qabrga, Javob qil savoli Munkar-Nakirga. So’ng tarozuga bor, pallasiga boq, Savob izla, gunoh kelsa og’irroq. Qadam qo’y qildan-da nozik bo’lsa ham, Tushib ketma, ko’prik osti jahannam. Safar haqdir, har kun esla ketarni, Dilingdan faromush qilma xatarni. O’lmay o’tkaz o’limni o’z nafsingdan Yetsa ajal, hech ish kelmas dastingdan. Bas, har kuning, har nafasing g’animat,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев