Nahot sen ham sevarding meni,
Yo‘llarimga intizormiding?
Pisand qilmay g‘arib ko‘nglimni
Jim rozingni ilinarmiding.
Yoqarmidim senga bu ne baxt,
Sezmasdimku buni ko‘zingdan.
Yuz o‘girdim ishqdan-da hayhot
Izhor kutib hamon so‘zingdan.
Yig‘laymanda, andisha bekor
Ko‘zlaringni hamon sevaman.
Yo‘q yetmasin senga hech ozor
Azob nima, yaxshi bilaman.
Kutganingda kelolmay sevdim,
Oyog‘imda qonli kishanlar.
Biroq bilgin men bir kun kelgum
Ne desalar shunda desinlar.
Dillar, jonim, hali topishar,
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
O‘ksik qalbim ishqingni quchar
Ham aytaman shunda men takror:
Yillar uchun qilmam andisha,
Sen yoqqansan menga hamisha.