G'ussali o'ylarga berib boshingni,
Qo'yningda kitob - u, o'yingda sevgi.
Tunlar quritadi ko'zdan yoshingni,
Qizchalar baxtiyor axir sen tenggi.
Kitobni yopasan, xayollaringda,
Davomlar boyagi badiiy hayot,
Masalan, bu pari o'xshaydi senga,
Unda bor, masalan, senda yo'q qanot.
Bu yigit kimnidir eslatar balki,
Uning izhorlari qandaydir tanish.
Kitobdagi yo'llar shunday tugarki,
Boshlanar hayotdan uni qizg'anish.
Sen gohi Julyetta bo'lib olasan,
Ammo, Romeong yo'q bo'lishga mahkum.
Kitobni varaqlab o'yga tolasan,
Tabassum qilishga topolmay imkon.
So'ng o'zga olamga burib yo'lingni,
Izmingni bermaysan bu shirin xobga.
Baxt yo'q dunyosiga siltab qo'lingni,
Sen ko'chib o'tasan o'sha kitobga.
Xur