Qadoq qo'llaringiz yuzimga bosib
Qaynoq mehringizni sezaman unda
Farzand bo'lolsam gar Sizga munosib
O'zimni armonsiz atardim shunda.
Farzandlarga fido garchi umringiz
Minnat nimaligin bilmaysiz, Ona!
Bilaman, Siz og'ir dardlar chekdingiz
"Yaxshiman" deb, kulib turasiz yana.
Ox, shifo bilmasman hech dardingizga
Ojizligim ko'rib, behol qolaman
Nahotki, yetolmay men qadringizga
Armonlar ichida to'zib, tolaman.
Onajon, Siz doim farax-la yuring
"Jannat onalar oyog'i ostidadir"
Onajon, Siz meni tark etmay turing
Men ko'zimga surtay jannat izini.