Onajon
Topmoq – yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq. Sen so‘lib, men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan, Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim. Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ona deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar. Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda, Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim, Bitta qizingga. Uyalmay shoirman, Deyishimga boq. Joningdan aylanay,Turgil jonajon, Yo‘l qarab bo‘ldimi Jigarginang qon? Boqma, ko‘zlarimga. Bemajol, hasta, Mening topganlarim, Gulmi bir dasta. Yo‘qotganim senmi, Endi onajon?.. O‘z etimni o‘zim,