Baxt nimadir?
Menga baxt — onajonim kulgusi.
Azob nima?
Azob bu — volidamning qayg‘usi.
Dunyo nima?
Dunyo bu — mehrli ko‘zlar sehri.
Daryo nima?
Daryo bu — onamning jo‘shqin mehri.
Ka’ba nima?
Ka’ba bu — onajonim izlari.
Imon nima?
Imon bu — onajonim ko‘zlari.
Duo nima?
Duo bu — ikki olam quyoshi.
Qiyomatchi?
Qiyomat — onalarning ko‘z yoshi.