Mo’min bo’lib uxlar tongda sharob otar,
Namoz vaqti g’usl vojib holda yotar,
Bir kun masjid qurar keyin “Sarbast” sotar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Olim degan da’vo ila yurishadi,
Minbarlarda savlat to’kib turishadi,
Ammo taqvo desa yuzlar burishadi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Atrofini qurshab turli xil bejaklar,
Bahor kelmay yulinmishdir gul chechaklar,
Qiz chiqishi noyob erur kelinchaklar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Oh, dil mayib qattiq erur sinovlari,
Qorni ko’mir aylab bo’lgan qalovlari,
Maslahatga muhtoj emas kuyovlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ko’ring mo’min degani ne holidalar,
Uyat bilmay qotib ketdi ne diydalar,
Xojalarin tug’ar bo’ldi
Kalimani ayta olmay musulmonmana deysiz, ey voh, Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh, Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda? Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari. Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz, Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz. Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor, Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari. Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron, Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON, Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari. Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada, Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada. Ta