Yulduzlardan sog'inchim bisyor,
Dardim kuyga sololmaydi tor.
Senga, bitta iltimosim bor
Sezdirmasdan, bir kelib ketgin
Alamlarni bag'ringga bosib,
U ko'klarga g'ururni osib
Tuproq bo'lgan qadrni bosib
Egilmasdan, bir kelib ketgin,
Yaqin qilib yiroqlarimni
Intiq qilmay nigohlarimni
Kechirilmas gunohlarimni
Kechirmasdan bir kelib ketgin.
Olloh yo'ling qilsin bexatar
Armon sendan qolsin bexabar
O'tinaman, o'tinaman hech yo'q shu safar
Kechikmasdan bir kelib ketgin.
Ostonamdan o'chgandi izing
O'chgan eding tilaklarimdan
Va men seni yuraklarimdan
O'chirmasdan bir kelib ketgin.
Holim yetmas boshqa hijronga
Sen yaxshisan rahm et yomonga
Men ham borsa kelmas tomonga
Ketmasimd