Sizga sevgim kamlik qildi. Hayol aytar: ketolmaysan, Aqlim deydi: yetolmaysan. Balki sizdek kutolmasman, Sizga sevgim kamlik qildi. Muhabbatga sodiq bo'lib, Mehringizdan zavqqa to'lib, Bora-bora hayron qolib, Sevgim sizga kamlik qildi. Men yurakdan yonib suysam, O'z-o'zimdan tonib suysam. Hijron olovida kuysam, Sevgim sizga kamlik qildi. Sevganimni dunyo bildi, Alam bugun bag'rim tildi. Bahtlar tilab o'tdim, sizdan, Biroz mehr kamlik qildi