Meni tashlab ketyapsanmi, sen ko'nglimni to'ldirib ket. Ortiq senga bo'lmay tasvish, ketsang meni o'ldirib ket. So'nggi bora kulib olay, yig'latmasdan kuldirib ket. Sensiz qanday tirik qolay, ketyapsanmi o'ldirib ket. Shirin so'z bilan meni ovut, ayriliqqa ko'ndirib ket. Kel qo'lingda bo'lay nobud, bir amallab o'ldirib ket. Ortiq seni orzu qilmay, umidlarim so'ndirib ket. Yuragimni o'yib tilmay, yolvoraman o'ldirib ket. Jonim olib qo'ygansanu, sendaligin bildirib ket. Ketsang barbir o'lamanku, yasholmayman o'ldirib ket. Sen xech kimga bildirmagin, o'lgan sevgim ko'mdirib ket. Meni majbur qildirmagin, o'zim o'lmay o'ldirib ket. Menga bergan azoblaring, yuragimdan yuldirib ket. Xech kim bilmas