O‘zbekiston safarda Qatarni mag‘lub etdi va JCh—2018 saralashida o‘z guruhi peshqadamiga aylandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-sentabr, seshanba kuni Dohada bo‘lib o‘tgan JCh—2018 saralash uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona gol uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida himoyachi Yegor Krimets tomonidan kiritildi. Golga ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Aleksandr Geynrix hammualliflik qildi.
Futbolchilar ushbu golni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida ketma-ket ikkinchi uchrashuvda g‘alaba qozongan bosh murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” saralash guruhi peshqadamiga aylandi. Bundan avval o‘zbekistonlik futbolchilar Toshkentda Suriyani mag‘lub etgan edi.
Qayd etish joiz, saralashning 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasining qolgan raqiblari o‘zaro durang o‘ynadi— Janubiy Koreya betaraf maydonda Suriya darvozasiga yo‘l topa olmagan bo‘lsa, Xitoy — Eron uchrashuvida ham hisob ochilmadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 8