Oltin
Oltindan sördilar : Yomon yondinga ?
Seni yoqqanlarga nafrating bordur???
Oltin javob berdi : Tushsa yodima
özgacha muhabbat könglimga yordir,
Bilasizku meni sal oldin damlar
Tuproqqa qorishiq yalloligimni,
Yondirmasa edi bugun odamlar
Özim xam bilmasdim TILLOligimni.
Bugun mehmon böldim ulug' zargarga,
Odamlar poyimda köz yosh tökurlar.
Tashakkurlar meni yondirganlarga,
Yongan kunlarimga behad shukurlar.
Ey könglim yig'lama chekaverma g'am,
Quyosh kulib qolar qaro damlarga.
Oltinga aylansang bir kuni sen xam,
Tashakkurlar deysan yondirganlarga...