Nur Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. ("Nur" suras I")