Goho bo'm bo'sh ko'nglim oralab, Sudraladi kuzak shamoli. Sarg'aygan gul yaproqlariga, Dilim chizar ishqnin hayolin. To'kilmoqda tomchilab umr, Malaklarning gul kosasidan. Men tug'ilgan edimku bir kun Yomg'irlarning sirli sasidan. Daraxt edim, egilmas daraxt, O'sardim nur emganim sayin, Yashil dunyo sog'inchlarida Bir kun hazon bo'lmog'im tayin! (Halima Ahmedova)