Menga mehr bering, ozgina xolos,
Qaytarib beraman sizga ko'p qilib,
Biroz e'tiborliroq bo'ling iltimos,
Sog'inch yuragimni qo'ydiku tilib...
Menga mehr bering tabassum bilan,
Qalbimga jo dardni haydang o'zingiz,
Yig'layverib ado bo'lgan yurakni,
Sizlikga qaytarsin shirin so'zingiz...
Menga mehr bering barin unutib,
Yonimda qo'llarim tutib turing yor,
Yolg'izlik tolitdi ko'zlarim tinib,
Hanuz yo'lingizda mahtal intizor...
Menga mehr bering yashamoq uchun,
Mehringizsiz qadam bosolmam hatto,
Sizdan ayrolikga qolmadi kuchim,
Yorijon rahm eting, demang Alvido..!
Menga mehr bering shu yetar menga,
Ozgina mehringiz umrimga mazmun,
Oz