O ota makonim onajon o'lkam,
O'zbekiston jonim to'shay soyanga.
Senday mexribon yo'q, seningday ko'rkam
Rimni alishmasman bedapoyanga.
Bir go'sha suv bo'lsa, bir go'sha qirlar.
Qancha yurtni ko'rdim,qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab boshni tik tut deb,
Tog'laring ortimdan ergashib yurar.
Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir sodda kasman man,
Parijning eng go'zal restoranlarin,
Bitta tandiringa alishmasman man.
Na gapga ko'nayin, na til bilayin,
Ko'zdan uyqu qochdi dildan halovat,
Uch kunda sog'insam nima qilayin,
Chala qolar bo'ldi hamma sayohat.
Bildim-ki baridan ulug'im o'zing,
Bildim-ki yaqini shu toproq menga,
Bahorda bahmalda tug'ilgan qo'zing,
Arab ohusidan aziz