Endi haqqim bor ekanmi qizg'onishga,
Ko'zlaringni men taqdirga yutqazganman.
Balo bormi qara endi sog'inishga,
Seni o'zim begonaga tutqazganman.

Sevma deya buyruq berib qo'yganmanku,
Ketib kechib yurak bag'ring o'yganmanku.
Men o'zimni pichoqsiz ham so'yganmanku,
Endi haqqim bor ekanmi qizg'onishga.

Men xudbinman seni sevib tan olmayman,
Gunohlarimdan azob sochdim aytolmayman.
Qaytgim kelar lek yoninga qaytolmayman,
Balo bormi qara yana sog'inishga.

Kibr telba qilgan telba malagingman,
Faqat senga bir o'zinga keragingman.
Ko'ksingdagi urib turgan yuragingman,
Naxot haqqim yo'qmi endi sog'inishga.

Hamon yolg'iz, hamon mensiz dunyodasan,
Men bahona topdim yana og'rinishga.
Senc