Endi menga qizig'i yo'q borligingiz, Kimni suyib, kimga qanday zorligingiz. Jondan o'tdi rahm bilmas orligingiz, Sizni suygan yurakdanda kechib ketdim, Qadrim haqqi ishq rishtasin yechib ketdim... Hayolingiz quvg'in qildim hayolimdan, Juda ranjib ishqda sizga malolimdan. Javob izlab har kecha, har savolimdan, Sizni suygan ko'nglimdanda kechib ketdim, Zor yig'latib ishq rishtasin yechib ketdim... Tushlarimda sizga joy yo'q kirolmaysiz, Nozlar qilib zor yig'latib kulolmaysiz. Yo'q bo'laman, men qaydaman bilolmaysiz, Sizni suygan ko'zimdanda kechib ketdim, Qaytmas bo'lib ishq rishtasin yechib ketdim... Suymasangiz suymabsizda o'lamanmi, Yoxud esdan og'ib telba bo'lamanmi?
Oq rang degani go'zallik, qora rang degani xunuklik emas. Kafan oq rangda ammo u qo'rqinchli, Ka'ba qora rangda lekin u juda go'zal... Inson tashqi ko'rinishi bilan emas, xulqi bilan go'zaldir...