Tik qaddini xo'p eggan otam. Bizlar uchun bog' ekkan otam. Yelkasida ho'roz qant berib. Ko'ylagiga dog' tekkan otam. Taxminimcha bunga chamasi. Yo balki yil yo asr bo'ldi. Otam ekkan o'rik novdasi. Gullayverdi be'nazir bo'ldi. Go'yo o'zi ko'rinib beg'am. Kiyintirgan barchadan bekam. Puli emas ko'ngli bo'lmagan. Choponini yangilashgaxam. Chinor edi bir azim chinor. Chin matonat chin nomisu or. Bolamga deb neki topsaxam. O'z joniga kuymadi bir-bor.
(Kimman men)
Quyosh chiqib botguvchi bir kunman men
Har oqshomda uchgan yulduz tunman men
Bir kurgani borolmasam men onamni
Vaqt topmasam onam uchun kimman men
Do'stlar uchun dasturxonim ochsam men
Yor boshidan har kun zarlar sochsam men
Taklif qilib barcha do'stlar qadrdonni
Unutsam gar men onamni kimman men
Sulsam guldek uchar do'stlar kapalakdek
O'zga gulni quchar guyo yaqin do'stdek
Naxot ko'zim ko'r bo'lmasa bunchalar xam
Men onamni yo'qlolmasam kimman men.
U.Allayev.19.07.2017.