MEHR KUTMAGIN.
Bu dunyo õtginchi bir tavqi nağlat,
Yuragim har dardni ichga yutmagin.
Boringcha mehr ber, kamingga faqat,
Mehrsiz qalblardan mehr kutmagim.
Qornini tõydirgan shaytonning oshi,
Kõksingni kuydirgan malomat toshi,
Tõxtamay qolsada kõzlaring yoshi,
Mehrsiz qalblardan mehr kutmagin.
Tõxmatga qul bõlgan ğarazlari bor,
Biringa yuz kulgan arazlari bor,
Dõstman deb dushmanlik farazlari bor,
Mehrsiz qalblardan mehr kutmagin.
Ilonning yoğini yalagan ular,
Neki bor budingni talagan shular,
Haqlikdan gapirsang ustingdan kular,
Mehrsiz qalblardan mehr kutmagin.
Botir Rajab
ÕZBEKISTONNI
Bõlibdi, bõlsa bu oqshom behuzur,
Tuyğular uyğotdi telba bu jonni.
Õylamoq men uchun iftihor, ğurur,
Dunyoga alishmam Õzbekitonni.
Musofir yurtlarda kezganda sarson,
Soğinchi nur sochdi yõlimga har on,
Hayqirdi kõksimda birgina imon,
Dunyoga alishmam Õzbekistonni.
(Davomi bor)