Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar
Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar
Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohi hislar tuysin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Yod nazardan qochib parda tutib yuzga
Ibrat bo’lib behayoyu qora yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga
Sizga zulim istaganlar o’zin tiysin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Bu ne fayzu karomatki misirlarga boy
Misli bulut orasida kulganday oy
Oy hayoga burkanibdi oyday chiroy
Kiyim kiygan yalong’ochlar rashqa kuysin
O’rangan oy yuzingiz Alloh suysin
Oriyatli oy yuzlarnni to’sgan parda
Bir chiroyda tovlanib ming chiroyda
Yomon ko’zdan asrasin Alloh har joyda
Betafiqlar mayli nima desa desin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Muxofaza etib o’zini yod nazardan
Besh maxramni qutqardingiz axlilardan
Haq lutfiya sazovarsiz saharlardan
Ochiq sochiq yurganlar ham esin yeg’sin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Dunyo sinov haq yo’lida sobit qoling
Hatarlardan eson omon o’tib oling
Jannat uzra bunda payondozlar soling
Alloh o’zi sizga chin baxtan ato qilsin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Xayrulla Hamidov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев