Biz oddiy sevishgan oddiy dillarmiz,
Shu oddi sevgida kimni qaxri bor.
Aslida dunyoga birga kelganmiz,
Bizni ayirmoqqa kimni xaqqi bor.
Gulim ko'zlaringni to'ldirma yoshga,
Muhabbat nelarni solmaydi boshga,
Ayirsa ayirar ALLOHdan boshqa,
Bizni ayirmoqqa kimni xaqqi bor.
Sen beka osmonni erka qushisan,
Begona dillarni orzu tushisan,
Men borman yoningda nedan qo'rqasan,
Bizni ayirmoqqa kimni xaqqi bor.
Muxabbat bahoru kuzlardan darak,
Bu g'amlar joningni etmasin xalak,
Bir yana xiyonat g'ururdan bo'lak,
Bizni ayrimoqqa kimni xaqqi bor