Yalinmagin g'ururingni yerga urib, Kechagina o'tar eding labing burib. Muxabbatning ko'chasida bor emasman, Bevafo qiz sevgingizga zor emasman. Misli ohu suzaverma ko'zlaringni, Kim zor bo'lsa o'shanga ayt so'zlaringni. Shirin so'zga erimayman qor emasman, Men qizlarning sevgisiga zor emasman. Gul uzmoqqa majbur qilma qo'llarimni, Qizbolasan to'sma axir yo'llarimni. Ishq o'tida qo'lda o'ynar tor emasman, Bevafolar sevgisiga zor emasman. Yurakda ko'p yolg'on ishqning asorati, Ko'rdim ishqda qizbolaning jasorati. G'ururim tog' Majnun kabi xor emasman, Men qizlarning sevgisiga zor emasman