* * *
Savol: O'zingiz haqingizda aytib bersangiz
- Javob: Surxandaryoning Saraosiyo tumanidanman, 2008-yilda Toshkent shahridagi "Yoshlar studiyasi" da faoliyatimni boshlaganman, Mana to'qqiz yildurki Televideniyada ishlab kelmoqdaman. Shu kungacha "Diqqat tabiat", "8-sinov" va yana bir nechta teleloyihalariga hissam qo'shilgan. Xozirda Mening Yurtim telekanalida muharir lavozimida ishlayman. Xozirda barcha teleko'rsatuvlarga o'z maslaxatimni berib, ularni rivojlantirish ustida ishlamoqdaman. Undan tashqari darakchi gazetasining reklama roligini tayyorlayman.
Savol: Shu borada ham so'ramoqchi edik, Darakchi gazetasi bilan qanday aloqalaringiz bor ?
- Javob: Aloqalarimiz faqat reklama yo'nalishida, Har hafta darakchining yangi sonini my5 kanalidagi reklama roligi bilan shug'ullanaman.
Savol: "Bizda yoz be qiyos" loyihasini yaxshi eslaymiz, Bu loyiha bu yilgi yoz faslida ham bo'ladimi ?
- Javob: Avvalo u mening loyiham emas edi, Men u yerda faqatgina boshlovchilik vazifasini bajarganman. Bu yili bu loyiha yana davom etishi borasida bir narsa deya olmayman. Ammo yaqinda yangi loyiha bo'lib qolish ehtimoli ham bor. Ya'ni darakchi gezetasi va bizning telekanalimiz rahbarlari kelishgan holda bir loyihaga qo'l urishlari ko'zda tutilmoqda. Ammo hali bu rasman o'z tasdig'ini topmagan.
Savol: Oilangiz haqida aytin bersangiz
- Javob:
Otam, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq talimi alochisi", "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi". Mutaxasisliklari Fizika. Xozirda Surxondaryodagi bir o'quv markazida rahbar lavozimida ishlaydilar.
Onam esa uy bekasilar. 5 ta akam bor, ikkita opam bor. Akalarimning to'rttasi xozirda xorij mamlakatlarida. Barcha aka-opalarim oilali bo'lishgan. Men esa hali oila qurganimcha yo'q.
Savol: Jurnalist bo'lishingizga nima turtki bo'lgan ?
- Javob: Otam va akalarim aniq fanlar bo'yicha tahsil olishgan va ularning mutaxasisliklari ham aniq fanlar. Men esa nimagadur aniq fanlarga emas aksincha ijodiy sohaga qiziqishim yuqori bo'lgan.
Bu sohada faoliyat yuritib kelajakda shu sohani tanlamoqchi bo'lganimda Ota-Onam qarshilik qilishmagan. Akincha qo'llab-quvvatlashgan. Hamon yodimda 4-sinfligimda uyimizga Tog'am kelganlar, Ular Surxondaryo viloyatining Denov tumanida isteqomat qilardilar. Shunda men ularga Denov tumanidagi bir teleko'rsatuvda ishtirok etmoqchi ekanligimni aytganimda Tog'am meni qo'llab quvatlaganlar va 4-sinfligimda men Denov tumanidagi teleko'rsatuvlardan birida ishtirok etganman
Savol: Bironbir davlat mukofoti, yoki davlat tadbirlarida mukofot qo'lga kiritganmisiz ?
- Javob: Xozirgi "Yurt kelajagi" iqtidorli yoshlar tanlovida ikki marotaba lauriyat bo'lganman. Qolaversa o'tgan yili men rahbarlik qiladigan informatsion portal bilan 25 mln so'mlik davlat grandini qo'lga kiritdim.
Savol: Ma'lumotingiz qanday ?
- Javob: Oliy, 2015-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalar Unversitetini, Televiziyon texnologiyalar yo'lanishi, Kompyuter grafikasi va dizayn mutaxasisligini tomonladim.
Shuningdek shu kungacha 50 dan oshiq mahalliy va xorijiy jurnalistlar va prodyuserlar ishtirokidagi qator treninglar, seminarlarda ham ishtirok ettim va buning natijasida o'zim uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar, bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirdim. Izlanishdan aslo to'htayotganim yo'q
Savol: Qaysi loyihalaringizdan ko'nglingiz to'lgan ?
- Javob: Haligacha xech qaysi loyihamdan to'la qonli ko'nglim to'lmagan. "8-Sinov" loyihasini olaylik. Bir nechta sonini efirga uzatganimdan so'ng bu loyihani to'htatishga qaror qilganman. Bir safar hamkasblarimiz bilan muloqot davomida shuni muhokama qilganimizda darakchi gazetasidan Sadoqat Alaberganova ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa to'htatish emas aksincha loyihani rivojlantirish kerak degan edilar. SHundan so'ng loyihani yanada rivojlantirib 1,5 yil mobaynida 45 ta sonini efirga uzatdik. Xozirgacha ko'cha-kuyda anashu loyihamni so'rashadi-qiziqishadi. O'z vaqtida anchayin ommalashganligini bugunga kelib his etmoqdaman
Savol: Imidjingiz ustida kim ish olib boradi ?
- Javob: 2009-yildan buyon soch turmagim va kiyinish stilim bo'yicha "Talmos style" jamoasi ish olib borishadi. Ana shu jamoadagi Akobir ismli yigit yaqin do'stim u ham kerakli maslahatlarni berib turadi
Savol: FanClubingiz ochilishini hohlarmidingiz ?
- Javob: Har bir san'atkor va ijorkorni muhlislar bilan muloqotga kirishish quvontiradi. Xozirgacha 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar men bilan uchrashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib, xurmat qilishsa imkon qadar ular bilan suhbatlashishga harakat qilaman. Ya'na bir jihat bor, Ya'ni san'atda mashhurlik, taniqlilik va sevimlilik tushunchasi bor. Buni ustozlarimiz aytishgan. Men o'zim sevimli bo'lishni hohlardim. FanClubga esa hali juda-juda erta. Bu haqida hali gap so'z bo'lishi mumkun emas.
Savol: Tilaklaringiz ?
- Javob: Hamma sog' salomat bo'lishini, Yurtimizni yanada ravnaq topishida xizmat qilishda xech kim xech qachon charchamasin. Yurtimizda bayramlar, tadbirlar, kunlar ko'p bo'lishini va hammamiz unga kamarbasta bo'lishimizni tilab qolaman.
Ozodbek Karimov suhbatlashdi !!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3