Lingard MLS klubining taklifini rad etdi
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard MLS klubi taklifini rad etdi.
Avvalroq 29 yoshli angliyalik futbolchi uchun eng muhim tanlov - faoliyatini Premer-ligada davom ettirish ekanligi va futbolchi 22 iyulgacha yangi klubi borasida bir qarorga kelishi haqida xabar qilingandi. Lingard hozirda erkin agent hisoblanadi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Angliya terma jamoasi futbolchisi 18 million evroga baholamoqda.
Manba : TalkSPORT
Kavani yozda MYUdan tekinga ketadi. U La Ligada o'ynamoqchi
Hujumchi Edinson Kavani yozda "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, urugvaylikning iyunda erkin agent maqomida MYUdan ketishi kutilmoqda. Forvardning maqsadi - o'zini La Ligada sinab ko'rish.
Kavani yakuniy qarorni yaqin oylarda qabul qiladi. Edinson hatto "River Pleyt"ga o'tish variantini ham ko'rib chiqmayapti.
34 yoshli forvard joriy mavsum APL doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.