Sevarman men Seni jondan ichkari
Yo’lim kechmas bu arkondan ichkari
Meni menda dema menda emasman
Bir men bordir menda mendan ichkari
Qayqa borar ersam unda erursan
Seni qanday qo’yam mendan ichkari
U bir dilbarurur yo’qdur nishoni
Nishon bo’lirmu nishondin ichkari
Meni mendan so’rma menda emasman
Suratim bo’sh yurur to’ndan ichkari
Meni mendan olganga yetmas qo’lim
Qadam kim bosar Sultondan ishkari
Tajallidan nasib etdi kimiga
Kimining maqsudi undan ichkari
Kima diydor kunidan shula tegsa
Uning shulasi bor kundan ichkari
Muhabbating meni mendan olibdur
Na shirin dard bu darmondan ichkari
Shariat tariqat yo’ldur yurganga
Haqiqat marifat undan ichkari
Sulaymon qushtilin bilur dedilar
Su