Ayol bepushtligi...?
Hozirgi kunda oilada er-xotin kamida 1 yil davomida muntazam ravishda saqlanmay jinsiy aloqada bo'la turib, homiladorlik yuz bermasa, bepushtlik diagnozi qo'yiladi.
Turmush qurilganiga 1 yil bo'lmasdan davolanishni boshlash noto'g'ri hisoblanadi. Chunki statistik ma'lumotlarga ko'ra, sog'lom juftlikda o'rtacha 8-12 oy ichida tabiiy homiladorlik yuz beradi. Bir yildan so'ng ham homiladorlik yuz bermasa
, er-xotin birgalikda shifokorga murojaat qilishlari lozim.
Odatda bepushtlikning sababi turlicha bo'ladi va u bittagina faktorga bog'liq bo'lmaydi. Ko'pincha shifokorga murojaat qilgan oilalarda bepushtlikning bir necha shakli namoyon bo'ladi.
Ayol bepushtligi