Bunday yechimlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar, ilg‘or bozorlar va ishlab chiqaruvchilarga chiqish, ular bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish talab etiladi.
25-yanvar kuni Mobiuz va xitoylik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda 2024-2028-yillarda mobil aloqani rivojlantirishni nazarda tutuvchi yangi hujjatlar to‘plamini imzoladi.
Xususan:
✅ Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2028-yillarda Mobiuz mobil aloqa tizimlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasi bo‘yicha shartnoma;
✅ Mobiuz va ZTE o‘rtasida 2024-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kompaniya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha shartnoma;
✅ Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2025-yillarda O‘zbekiston bo‘yicha Massive MIMO FDD texnologiyasini yanada tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga qo‘l qo‘yildi.
Batafsil ma’lumot ( https://pr.mobi.uz/uz/press/2024/77343/ ).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2