Aqli yarim, boshi garang g‘о‘r yigitman,
Sevilmagan, baxti qaro shо‘r yigitman.
Bilmay qoldim kimga kо‘ngil berganimni,
Asl baxtni topolmagan kо‘r yigitman.
Meni emas, о‘zgalarni degansan,
Malak desam, afsus, falak ekansan.
Sen tomonga qо‘l chо‘zib ham bо‘lmaydi,
Osmonimga quvonch, omad tо‘lmaydi.
Sensiz qolgan kundan beri о‘lganman,
О‘lgan yurak yana qaytib о‘lmaydi.
Meni emas, о‘zgalarni degansan,
Malak desam, afsus, falak ekansan.
Endi menga she’rlar berib turar panoh,
Ne bо‘lsa xam kо‘rib turar buni Allox.
Yuragiga tushgan dog‘lar bitmasa ham,
Yig‘lamaydi, qiynalmaydi endi JAVOH.
Meni emas, о‘zgalarni degansan,
Malak desam, afsus, falak ekansan.
20.02.2015
✍️Muallif: Javohir Mirzo
📞Shoir bilan aloqa
( https://t.me/JavohirMirzoaloqabot )📜MUNDARIJA
( https://t.me/JavohirMirzoijodi/12420 )📜4-QISM
( https://t.me/JavohirMirzoijodi/13022 )📡Kanalimiz:
@JAVOHIRMIRZOIJODI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев