Boshqa, boshqa shaharlarda yashab bir - birini ko'rmasdan qalban yaqinlashgan insonlar ham bor...
Yarmi bo'sh Yostiqlar...
Tunga toshlar otadi,
Yarmi bo'sh yostiqlar..
Kimni qarg'ab yotadi,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
Osmonida oy nuri,
Kimni kutar uy to'ri,
Kuygan ko'ngilning jo'ri,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
Quvonchga yuz chaymaydi,
Bu ne g'amki so'nmaydi,
Ko'z yoshga hech to'ymaydi,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
Yulduzli tun oy ko'kda,
Sirlashishga til yo'qda,
Nechun kuymaydi cho'g'da,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
Qaro tun qarog'ida,
Sog'inch bor chirog'ida,
Titrar dil titrog'ida,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
Xudoyim bandang bedor,
Bir biriga qilma zor,
O'zidan etmasin or,
Yarmi bo'sh yostiqlar...
ƒฉřγσძ
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1