Do’stlarimga achinamanda
Ichib chekib yursa do’stlarim,
Ko’rib biroz xo’rsinamanda.
O’z qadrini o’zi bilmagan,
Do’stlarimga achinamanda.
Mexnat qilib halol pul topgan,
O’sha pulni xaromga yoygan,
Qo’lda qadah may quli bo’lgan,
Do’stlarimga achinamanda.
Uyda juftu haloldan kechgan,
Yod begona qizlarni quchgan,
Oxiratni butkul unutgan,
Do’stlarimga achinamanda.
Gunoxligin bilib tursa ham,
Zinoni hech qilmaydi kanda.
Egri yo’lni to’g’ri deb bilgan,
Do’stlarimga achinamanda.
O’sha tutun o’lgurni yutib,
Samolardan uchar balandda.
Shu narsaga o’rganib qolgan,
Do’stlarimga achinamanda.
Yo’qolmasin iymon degani,
Jonim achib ko’p aytamanda.
Nomozni ham eslamay qo’ygan,
Do’stlarimga achinamanda