Oʻzbekistonda nogironligi bor insonlar muammosiga jamiyat eʼtibori past boʻlib kelgan, endi-endi bu eʼtiborni jalb qilish harakatlari boshlanmoqda. Eʼtibor kamligi bois koʻpchilik insonlar nogironlikning oʻziga xosliklari haqida mutlaqo bexabarlar ham.
Oʻzbekistonda eshitish boʻyicha nogironligi bor insonlarning muammolariga soʻnggi 20 yilda umuman koʻz yumilgani mahalliy matbuotda eʼlon qilingan maqolalardan ayon boʻldi.
Autizm tashxisi qoʻyilgan oʻgʻlini parvarishlayotgan Farhod Ortiqboyev Toshkentda kuni-kecha duch kelgan afsuslanarli holati haqida oʻzining Facebookdagi sahifasida shunday yozdi:
"Nogironlarning kirishi taqiqlangan
Sukut saqlolmayman, nogiron degan soʻzni yomon koʻraman, lekin odamlarga "autizm", "alohida ehtiyoji bor bolalar" degan soʻzlarning maʼnosini tushuntirish qiyin. Bizda bir necha hafta oldin yoshi 12-14 dan yuqori bolalarning chiqishiga ruxsat beriladigan attraktsionda bir oʻgʻil bola oʻlib qoldi. Ana shunaqa qoʻrqinchli hayinchaklar. Biroq yuqoridan shapkani olib kelish haqida buyruq chiqqanida, bizning rahbarlarimizning shapka bilan birga boshni ham yulib olishlari oson. Bu narsani biz bugun oʻzimizda his qildik. Kuplab attraktsionlarga biz uchun yoʻl yopiq. Agar bola akvaparkda choʻkib ketsa, chorrahada mashina urib ketsa yoki attraktsionda oʻlib qolsa, biz xavf har doim mavjudligini va hech kim kafolatlanmaganini yaxshi tushunamiz. Biz faqat uyda oʻtirolmaymiz-ku, biz koʻchaga, jamiyatga chiqishimiz lozim. U yerda esa koʻp xatarlar boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilgan. Bu qoidalarga biz ikki karra rioya qilamiz, chunki bizning bolalarimiz alohida bolalar. Biz akvaparkda ular bilan birga suzamiz, batutlarda qoʻllaridan ushlab turamiz, attraktsionlarda yonlarida birga oʻtiramiz. Ularga taqiqlashga haqqimiz yoʻq-ku. Axir ular ham bola. Alohida ehtiyoji boʻlsa ham bola. Ammo alohida ehtiyoji bor bola boʻlgani uchun ham bizga attraktsionlardan foydalanishimizni maʼn etishayapti. Bu kamsitish va bunday kamsitishni oqlab boʻlmaydi. Axir ota-onalardan birortasi ham oʻz bolasining hayotini koʻrib-bilib turib xatarga qoʻymaydi-ku. Biz shundoq ham tunlari uxlamay, oʻz sogʻligimizga zarar yetkazib, oʻzimizni huzur-halovatlardan mahrum qilib bolalarimizni katta qilyapmiz. Uzoqni koʻrolmaydigan bunday rahbarlarning borligi ayanchli. Aynan ular tahqirlashga yoʻl ochayaptilar. Chin yurakdan alamli holat va bunday odamlarga achinaman!!!"
Jamiyatda insonlar nogironlar va ularning muammolariga eʼtiborliroq boʻlishlari uchun nimalar qilmoq kerak deb oʻylaysiz?
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1