Britaniyaning Milliy Galereyasi oʻz kollektsiyasini Ikkinchi Jahon Urushi davrida Uelsdagi tosh konigajoʻnatgan edi, deb yozadi Holi Uilyams.
"Kollektsiyani gʻorlar va yertoʻlalarga yashiringlar, lekinbirorta surat ham oroldan chiqib ketmasligi shart". 1940 yilda Milliy Galereya kollektsiyasi Fashist hujumlaridan asrab qolinishi kerak, degan qarorga kelgan Uinston Cherchil shunday koʻrsatma bergan edi. Biroq, endilikda, asarlar mogʻor bosgan xonalarda saqlanishiga toʻgʻri kelardi.
Shunday qilib, Milliy Galereya oʻz ixtiyoridagi nodir suratlarni Shimoliy Uelsning Manod nomli hududidagi eski tosh konida saqlay boshlaydi.
Muzey asarlarini yer ostidagi konda saqlash yaxshi gʻoya emas, biroq "ular u yerda haqiqatan ham xavfsizlikda edi", deydi Minna Mur-Ide. Mur-Ide xonim Milliy Galereya tomonidan tashkil qilingan "Manod: Gʻorlardagi milliy xazina" nomli koʻrgazmaning kuratori hisoblanadi. Bu koʻrgazma muzeyning oʻsha davrdagi oʻziga xos voqealariga bagʻishlangan. Mazkur kichik koʻrgazmada oʻsha vaqtda konga koʻchirilgan asarlarning arxiv suratlari va bugungi holati namoyish etiladi.
Ikkinchi Jahon Urushi mobaynida asarlarning aksariyati yongʻindan kuchli zarar koʻradi yoki oʻgʻirlab ketiladi. Bebaho sanʼat asarlarining katta qismi alohida shaxslar va institutlarning mardonavor harakatlari bilan saqlanib qolgan boʻlsada, urush davomida sanʼat bilan yuz bergan voqealar odamni seskantirib yuboradi.
Londonda esa qadimiy Parfenonning bir qismi boʻlgan Elgin marmarlari kollektsiyasi Oldvich metro stantsiyasiga yashirib qoʻyiladi. Biroq fashistlar bombardimoni oqibatida bu nodir yodgorlik vayron boʻladi.
Parijda 1939 yili Luvr muzeyidan 3,600 surat fashistlar qoʻliga tushib qolmasligi uchun xavfsiz joylarga olib chiqib ketiladi. Tashish uchun juda noziklik qiladi, debhisoblangan "Mona Liza" asari esa qoʻrgʻondan abbatlikka, abbatlikdan qoʻrgʻonga yashirilib, fashistlardan saqlanadi.
Britaniyadagi Milliy Galereya Uelsga koʻchirilgan yagona institut emas edi: Britaniya Muzeyi ham Rafael, Mikelanjelo va Leonardo da Vinchiga tegishli qoʻlyozmalar, 13 asrda yozilgan "Ozodlik Xartiyasi", Shekspir va Milton kabi mualliflar qalamiga mansub nodir asarlarni Uels Milliy Kutubxonasiga joʻnatadi.
Hattoki, kutubxona ham xavfsizlikni taʼminlay olmaydi, degan fikrda, urush avjiga chiqqandan soʻng maxsus isitish tizimiga ega yerosti gʻori kavlanib, kitoblar shu omborxonaga koʻchiriladi.
Fashistlar chordogʻi
Nodir sanʼat asarlariga eʼtibor fashistlar orasida ham kuchli edi. Hitler ona shahri boʻlmish Linzni dunyoning eng zoʻr asarlari bilan toʻldirib, bu yerda ulkan muzey tashkil qilishni rejalashtirgan edi. Fashistlar oʻz dohiysiningbunday ulkan rejasini amalga oshirish maqsadida bosib olingan hududlardagi muzeylarni talay boshlaydilar. Biroq janglar qizib turgan paytda oʻgʻirlangan asarlarni doimo Germaniyaga joʻnatish imkoniyati boʻlmaydi.
Ittifoqchi kuchlar qoʻli baland kela boshlab, Germaniyaning ham xavfsizligi savol ostida qolgandan soʻng bu asarlar Avstriyaning Altuzze hududidagi tuz koniga yashirib qoʻyiladi.
Mikelanjelo, Ruben, Vermer va Rembrant kabi buyuklarga tegishli 6500 dan oshiq nodir asar xuddi shu konda toʻplanadi. Biroq bu hammasi emas edi: rahbariyat tomonidan muzey soqchilariga Germaniya taslim boʻlgan holatda asarlarni portlatib yuborish topshirigʻi berilgandi.
Ushbu rejaning amalga oshishiga mahalliy konchilar va fashist rasmiylaridan biri toʻsqinlik qilgan, degan afsona yuradi. Aytilishicha, oʻsha sanʼatsevar fashist kollektsiyani portlatish uchun yuborilgan kattakon bombalarni kichiklari bilan almashtirib qoʻygan, ular portlaganda esa, zarba shunchalik kichik boʻlgandan konning shiftidan biroz tuproq toʻkilgan ekan, xolos. Shu tariqa Yevropaning eng nodir sanʼat asarlari saqlab qolinadi.
Gʻalati eshitilsada, ushbu kondagi qorongʻi va salqin muhit suratlar sifatiga jiddiy xavf solmas edi. Manod tosh koni haqidagi eng ajoyib narsalardan biri shundan iboratki, 1800 dona suratning Uelsga koʻchirilishi, keyinchalik, nodir asarlarni saqlashning yangi davrini boshlab berdi.
Manod konida portlatkichlar orqali gʻorlar kengaytirilib, asarlarni tashish uchun temir yoʻl tizimi yotqiziladi. Kon ichida gʻishtdan qurilgan oltita maxsus omborxonada suratlar sifatini saqlab qolish uchun harorat va namlik nazorat qilinadigan muhit yaratiladi.
Nihoyat ushbu labirintsimon yoʻlaklar va omborlar insoniyatning eng bebaho yodgorliklari bilan toʻldiriladi. Bu yer nafaqat koʻhna xazinalarning sokin dunyosi, balki odamlarga ham toʻla edi. Mahalliy aholidan tanlab olingan ishchilar tunu kun asarlarni saqlash ishlari bilan shugʻullanar edi.
"Ishchilar shu yerning oʻzida uxlashar edi. Toʻrt yil davomida ular shu ish bilan mashgʻul boʻlishdi", deydi Mur-Ide xonim.
Oʻsha paytdagi Milliy Galereyaning bosh kuratori boʻlgan Martin Deviys kon yaqinidagi xonadonga koʻchib keladi. Galereyaning "surgundagi" davri davomida janob Deviys asarlar bilan yanada yaqinroq boʻlish imkoniga ega boʻldi. U boʻsh paytlari kollektsiyaning yangi yirik va mukammal katalogini tuzib chiqadi.
Jihozlar muzeyi
Bu davr qadimiy asarlarni qanday qilib yaxshi saqlash mumkinligini anglash davri ham boʻldi. 1940 yillarda Milliy Galereya havoni aylantirish tizimi haqida deyarli tasavvurga ega emas edi. Asarlar Manod konining dimiqib yotgan gʻorlariga joʻnatilgandan keyin bu borada jiddiy bosh qotirila boshlandi. Suratlar saqlanayotgan omborxona va yoʻlaklardagi havoni shamollatish boʻyicha alohida maxsus jamoa tuzilib, bu masala yuzasidan jiddiy tadqiqotlar olib borildi.
"Kon tashqarisida kichik xona tashkil qilinib, maxsus jamoa tunu kun suratlarning holati oʻzgarishini sinchkovlik bilan kuzatib borar edi", deydi Mur-Ide xonim. Urushdan soʻng fashist bombalaridan zarar koʻrgan Milliy Galereya binosi qayta tiklanib, unda havoni shamollatish tizimi tashkil qilindi va asarlar holatini tekshirib borish bilan shugʻullanuvchi yangi ilmiy boshqarma faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Avvaliga muzeyni Manod koniga koʻchirish haqida hech kim oʻylab koʻrmagan edi. Asarlarni saqlab qolish uchun muzeyni Kanadaga koʻchirish ancha vaqt asosiy taklif boʻlib keladi. Ammo galereyaning direktori Kennet Klark kemalar suvosti hujumiga uchrashi ehtimoli yuqoriligi sababli Cherchilni boshqa yechim topishga undaydi.
Galereyaning Manod koniga koʻchirilishi qattiq sir saqlanadi. Urushdan soʻng ham hukumat 1983 yilga qadar ushbu konni ehtimoliy yadro urushidan saqlovchi boshpana sifatida hisobga olib keladi.
Cherchil asarlar tinchlik zamoni kelgunga qadar odamlardan uzilib qolmasligi kerak, degan fikrda edi. Shu sababli ham urushning soʻnggi ikki yili davomida har oy bitta surat tanlab olinib, Milliy Galereyaga yuboriladi va bir oy davomida bitta suratdan iborat koʻrgazma tashkil qilinadi.
Cherchil haq boʻlib chiqadi: odamlar, hatto, urush zamonida ham sanʼatdan yiroqlashmaslikni istar edi.
Birgina suratdan iborat koʻrgazmalarga har oy 30 mingdan ziyod sanʼat shinavandasi tashrif buyurar edi.
"Kennet Klark bunday koʻrgazmalar uchun asarlarni ehtiyotkorlik bilan tanlar edi. U asarlar odamlarni chuqur oʻyga choʻmdirib qoʻyishini istar edi", hikoya qiladi Mur-Ide. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://bbc.in/2qQSlrn http://www.bbc.com/uzbek/world-43849616 #muzey #музей #галерея #лондон #британия #германия #ИккинчиЖаҳонУруши #galereya #london #britaniya #germaniya #IkkinchiJahonUrushi
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев