Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari eng qudratli uchta MDH davlatidan bittasi, deb topilgan.
Yangi reyting globalfirepower.com web-sayti tomonidan eʼlon qilingan.
MDH davlatlari orasidan Oʻzbekistondan oldingi oʻrinlarni Rossiya va Ukraina egallashgan.
Reyting dunyo davlatlarining jangovor qobiliyatini koʻrsatishni maqsad qilgan.
Unda jahonning 126 davlatining harbiy salohiyati oʻrganilgan.
Oʻzbekiston yangi reytingda bir yil ichida 9 pogʻona yuqorilagan. Umumiy roʻyxatda 39-oʻringa koʻtarilib olgan.
Yangi reytingda jahonning eng qudratli armiyasi deb yana AQSh harbiylari topilgan.
Bu yil ham ikkinchi oʻrinda Rossiya, uchinchi oʻringa Xitoy armiyasi qoʻyilgan.
Meʼyorlar
Reytingni tuzuvchilar u yoki bu mamlakat armiyasining qudratini baholashda, odatda, 50 dan ortiq omillarga tayanganlarini aytadilar.
Bularga qoʻliga qurol olishga imkonli insonlar soni, ishga yaroqli aholi, quruqlik, havo va dengiz flotlari va bu yoʻnalishdagi qurolli kuchlari ixtiyoridagi qurol-aslaha va texnika, neft yoki suv singari resurslarga egaligi, mudofaa maqsadiga har yili byudjetdan ajratiladigan mablagʻ, joʻgʻrofiy joylashishi, dengizga chiqish imkoniyatiga ega yoki yoʻqligi singarilar kirgan.
Jangovor reytingni tuzishda AQSh Markaziy Istihborot agentligi veb-sayti, AQSh Markaziy Istihborot agentligining World Factbook maʼlumotnomasi, Wikipedia web-sayti va ommaga ochiq domen va matbuot maʼlumotlaridan foydalanilgani, rasmiy maʼlumotlar mavju boʻlmagan boʻlimlarda taxminiy hisob-kitoblarga tayanilgani aytilgan.
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasman qudratga kelishidan qisqa vaqt oʻtmay, mamlakat Qurolli Kuchlari mavzusiga eʼtibor qaratgan.
Oʻtgan yil yanvar oyida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan Toshkent Oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida yigʻin oʻtkazgan.
"Zamonaviy, qudratli armiya - tinch-osoyishta hayotlari kafolati", - deya bayon qilgan.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab bergan.
Xuddi shu manzarada bergan aniq topshiriqlaridan yana biri Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari qudratini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish borasida boʻlgan.
Oʻzbekiston prezidenti, bundan tashqari, mamlakat Qurolli Kuchlari tashkiliy tizimini bundan-da takomillashtirish va uning shaxsiy tarkibini yaxshilash masalasida ham soʻz yuritgan.
Oʻz oʻrnida taʼkidlash joiz, bu xususdagi rasmiy xabarda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarini yanada zamonaviylashtirish va qudratini oshirishga qaratilgan "aniq vazifa" va "aniq topshiriqlar" tafsilotlari ochiqlanmagandi.
Raqamlarda
Global Firepower Index reytingiga koʻra, Oʻzbekiston armiyasining 420 tanki, 715 zirhli texnikasi, 880 zambaragi bor.
Oʻzbekiston havodan mudofaa tizimidagi jaʼmi samolyotlar soni 179, vertolyotlarniki esa, 73 donaga yetgan.
Global Firepower Index reytingiga koʻra, Oʻzbekiston armiyasining muntazam harbiylari soni 76500 kishini, zahiradagi harbiylar soni 20 ming kishini tashkil etadi.
Oʻzbekistonning yillik mudofaa xarajatlari bu yil ham 70 million dollarligicha qolgan.
Ammo mamlakatning tashqi qarzi biroz ortib, 16 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston mamlakat mustaqilligidan keyin professional armiya tuzishga qaror qilgan.
Mamlakat, yillarki, qurolli nizolar ichida qolayotgan Afgʻoniston bilan bevosita chegaradosh.
Afgʻoniston Pokiston bilan birga Oʻzbekiston Islomiy Harakati faoliyat yuritib kelgan ikkita mintaqa davlatidan bittasi ham boʻladi.
Imkoniyat
Yalpi Ichki Mahsulot koʻlami nazarda tutilganda, aholisi eng katta sonda ekaniga qaramay, Oʻzbekiston Qozogʻistondan keyin mintaqadagi ikkita iqtisodiy qudratdan bittasi boʻladi.
Ammo, shunga qaramay, Oʻzbekiston, yillarki, aynan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sabab, eng koʻp sondagi fuqarolari muhojiratga yuz tutgan yagona Markaziy Osiyo davlati boʻladi.
Boshqa tomondan, tahlilchilarga koʻra, dunyo tajribasi Oʻzbekistonda yaqin-yaqingacha amalda boʻlganiga oʻxshash tuzumlarda "ichki va tashqi dushman" tushunchasi aksaran aholini qoʻrquvda tutib turish, vaziyatni, odamlarni nazorat qilish va siyosiy muxolifatga zarba berishni maqsad qilganini koʻrsatgan.
Shunday ekan, aslini olib qaraganda, Oʻzbekistonga shuncha katta sondagi armiyaga ehtiyoj bormi?
Suhbatdoshimiz qozogʻistonlik taniqli mintaqaviy tahlilchi Doʻsim Satpayev:
Doʻsim Satpayev: Ha, rostdan ham, Oʻzbekiston uzoq yillar davomida Qurolli Kuchlarining soni, jangovor salohiyatidan kelib chiqib, turli mamlakatlarning harbiy xavfsizligi darajasiga baho beruvchi xalqaro tahliliy markazlarning reytinglarida hamisha yuqori oʻrinlarni egallab kelgan. Markaziy Osiyoda esa, eng peshqadam mavqeʼda boʻlgan. Bularning barchasi eng avvalo Oʻzbekistonning hozirda marhum prezidenti Islom Karimov boshqaruvining natijasi, desak toʻgʻriroq boʻladi, nazarimda. Chunki oʻsha paytda amaldagi rejim, baribir, kuch tizimlariga tayangan boʻlgan. Yaʼni, Oʻzbekistonda rejim barqarorligini taʼminlashda kuch tizimlari muhim oʻrin tutgan. Shu jumladan, Milliy Xavfsizlik Xizmati va mamlakat Qurolli Kuchlari ham. Chunki Islom Karimovning ham ichki va ham tashqi siyosati hamisha ichki va tashqi dushmanlarni axtarishga qaratilgan. Shu bois ham, Oʻzbekistonda bu kabi armiyaning tashkil qilinishi Islom Karimov boshqaruvi davrida amal qilgan tuzumning inʼikosi boʻlgan.
Ammo, tahlilchi suhbatdoshimizga koʻra, Oʻzbekiston nega bu qadar qudratli armiyaga ega ekani mavzusi haqida soʻz ketganda, masalaning demografik jihatini ham nazarda tutish lozim boʻladi.
Doʻsim Satpayev: Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi aholisi eng katta davlat boʻladi. Joriy paytda Oʻzbekiston aholisining soni 30 milliondan ortiqroqqa nisbat beriladi. Shunday ekan, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining soni foiz nisbatida, deylik, aholisi 17 milliondan ortuvchi Qozogʻistonnikidan koʻp boʻlishi tabiiy. Turkmaniston va Qirgʻizistonning armiyasi haqida esa, gapirmasa ham boʻladi. Xuddi shu nuqtai nazardan ham, Oʻzbekiston armiyasi azal-azaldan koʻpsonli boʻlib kelgan.
Katta va qudratli armiya koʻp sarf-xarajat ekani nazarda tutilganda-chi, Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari buni koʻtara oladimi?
Doʻsim Satpayev: Agar, masalaning iqtisodiy oqibatlariga keladigan boʻlsak, byudjeti uncha katta boʻlmagan davlatlar ijtimoiy, ayniqsa, taʼlim sohasidan koʻra, kuch tizimlariga koʻproq mablagʻ ajratadigan boʻlishsa, ular ertami-kechmi, avvaliga ijtimoiy-iqtisodiy, keyin esa, hatto, harbiy sohada ham boshqalar bilan raqobat qila olmaydigan ahvolga kelib qolishadi. Masalan, bunga Turkmaniston misol. Orada Turkmaniston Qurolli Kuchlarida oziq-ovqat taqchilligi yuzga kelgani, yoki harbiylarining tayyorgarliklari bilan bogʻliq muammolar borligiga oid xabarlar ham olingan. Bundan koʻrinadiki, katta sondagi armiya hali hamma narsa, degani emas. Bu yana mazkur davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomon ekaniga dalolat qiladi. Shu bois ham, bu masalada risoladagidek, mutanosib muvozanat boʻlishi zarur. Yana bir bor takrorlayman, mamlakatlarimiz raqobatbardosh boʻlishi uchun, mablagʻ eng avvalo insoniy kapitalga sarflanishi kerak, qurolli kuchlarga emas. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43839040
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 95
kecha 18:44